Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo'yicha o'rinbosarlari boshchiligida mahallalardagi, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, mahalla raislari, yoshlar yetakchilarining ish samaradorligini oshirishga bag'ishlangan tahliliy yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Tuman hokimi so'zga chiqar ekan mahalla faollariga uyma-uy yurib, har bir xonadonning sharoiti bilan tanishib, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rish hamda ushbu jarayonda asosiy e’tibor og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan insonlarni qiynayotgan masalalarga yechim topishga qaratilishi lozimligini ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek yig'ilishda aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash hamda hal etish, yil boshida"Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ni shakllantirish maqsadida xatlovlarni shaffof tarzda o'tkazish va fuqarolar bilan ishlarni tizimli tashkil etish, bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda aholi o'rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlarni jaholatga qarshi ma'rifat tamoyili asosida tarbiyalash, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish, mahallada olib borilayotgan islohotlar, obodonlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlili bo'lib o'tdi.
Yakunda ish faoliyatida yo‘l qo‘yilgan muammo va kamchiliklar aytib o‘tilib ularni bartaraf etish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi (https://t.me/sariosiyohokimligi/21797?single).