“Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi hamda “Keksalar maslahat” guruhi a’zolari tomonidan tumanimizdagi 24-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari, o‘quvchilarni milliy qadriyatlarimizga hurmat, jonajon vatanini sevish, o‘zaro hurmat, bir-biriga yordam, halollik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni o‘quvchilar ongiga singdirib borish to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Ma’rifiy uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad — mamlakatimizda ma'naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish hamda turli yot g‘oyalardan himoya qilishga qaratilgan.