Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Surxondaryo viloyat boshqarma boshligʻi X.Normamatov rahbarligida Sariosiyo tuman boʻlimi xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish muhitini shakllantirish maqsadida barcha mas’ul xodimlar ogohlik va hushyorlikka chaqirildi.