...
15.10.2022
158 marta o'qildi

Sariosiyo tumani Xalq ta'limi bo'limida umumta‘lim maktabi direktorlari hamda o‘qituvchilar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida, XTB mudiri o'rinbosari Alimamat Jumayev va XTB kadrlar bo'limi boshlig‘i Xojiakbar Melikov tomonidan bir qator o‘qituvchilarga ko‘krak nishonlari tantanali tarzda topshirildi. Ya‘ni;

 

Jabborova Nasiba Jalolovna Sariosiyo tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabning Ingiliz tili fani o‘qituvchisi “Xalq ta’limi fidoyisi”,

Turdiyeva Nodira Abduhalimovna 55-sonli umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi “Xalq ta’limi a’lochisi”,

Xujayeva Xurshida Tog‘aymurodovna 47-sonli umumta’lim maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari “Xalq ta’limi a’lochisi”,

Yakubova Nigora Ro‘ziboyevna 66-ixtisoslashtirilgan sanatoriya tipidagi maktab internati rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi “Xalq ta’limi a’lochisi”,

Sherova Moxigul Ashurovna 4-sonli umumta’lim maktabning Ingiliz tili fani o‘qituvchisi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.

Ushbu ko‘krak nishoni bilan barcha o‘qituvchilarni tabriklagan holda keyingi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?