Aytish kerak, daraxtlar sof havo, inson salomatligi uchun kerak bo‘lgan kislorod manbaidir. U nafaqat tabiat uchun ko‘rk, atrof-muhit musaffoligi uchun chang yutuvchi manba, kislorod ta’minot zanjirining ajralmas qismidir.
Mamlakatimizda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida boshlangan mazkur ezgu loyiha doirasida har yili kamida 200 million tup daraxt ekishdek savobli ishlarda barchamizdan faollik, yakdillik talab etiladi.
Yashil makon loyihasiga hissa qo‘shish vatanparvarlik, elparvarlik va donishmandlik namunasi. Yurt ravnaqi, mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligi, avlodlar saodati yo‘lidagi ezgu ish. Unda faol ishtirok etish o‘zini oqil va fozil hisoblagan har bir insonning dolzarb vazifasi hisoblanadi.