Kitob – umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘stdir.
Insonning ma’naviy kamolotini yuksaltirishda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli-donishmandlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilm-u odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan.
Xususan, Sariosiyo tumani, Chilonzor mahallasidagi 26-sonli umumta’lim maktabida kitob yarmarkasi tashkil qilindi.
Tadbir davomida, 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan, Chilonzor mahallasi faollari va 26-sonli umumta’lim maktabi jamoasi tomonidan yashil makon umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.