“Nuroniy” jamgʻarmasi Sariosiyo tuman boʻlimi raisi S.Qosimov hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman boʻlinmasi hamkorligida tumandagi 35-sonli umumta’lim maktabida “Ma’naviyat boshqa sohalardan oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Ma’naviyat insonni jaholatdan qaytaruvchi, oʻsib kelayotgan yosh avlodni inson va Vatan qadrini anglash, unga sadoqatli boʻlish, istiqbol uchun ulugʻvor maqsadlar qoʻyishga undovchi engilmas kuchdir.