"Nuroniy" jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi S.Turdiyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 04-may kuni "Nuroniy" jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov tomonidan “Galabutta” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi N.Tursunov, “Keksalar maslahat” guruhi raisi X.Mingboyev, a’zolari hamda Yoshlar yetakchisi N.Rahmiddinovlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida, “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” va “Nuroniy har bir oilaga mas’ul” tamoyili bo‘yicha nuroniylar tomonidan ishsiz, tarbiyasi og‘ir, ajrim yoqasiga kelib qolgan va probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazib borilishi, mahallada jinoyatchilikni oldini olish, yoshlar bo‘sh vaqtini foydali mehnat bilan o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.