Tumanimizda "Keksalar haftaligi" doirasida sog‘lom turmush muhitini yaratish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida sog‘lomlashtirish tadbirlari boshlandi.
Bugun, 4 oktabr kuni Sariosiyo tuman Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi tomonidan Sharg‘un shahar hududida joylashgan MFY faollari va keksa avlod vakillari ishtirokida keksa avlod vakillarini ommaviy sportga jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam " shiori ostida ostida piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, marafondan so'ng 2-son Bolalar va o'smirlar sport maktabida keksalar o'rtasida sportning shaxmat-shashka turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.