Bugun tuman hokimligi majlislar zalida 11 noyabr-"O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni" bayrami munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Davlat muassasalari va Jamoa xizmatlari xodimlari Sariosiyo tuman Kengashi raisi, tuman hokimligi kasaba uyushmasi raisi, tuman hokimligida faoliyat olib boruvchi xodimlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Davlat muassasalari va Jamoa xizmatlari xodimlari Sariosiyo tuman Kengashi raisi L.Shonazarova so'zga chiqib, ushbu bayram xalqimizning ko‘p millionli vakillarini o‘zida birlashtirgan tizim xodimlarining hamjihatligi, birdamligini yanada mustahkamlashi haqida so'z yuritib, barchani samimiy tabrikladi.
Shuningdek, tadbir yakunida sohada samarali ish faoliyatini olib borayotgan bir guruh tuman hokimligi xodimlari estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.