Sariosiyo tumani hokimligi-Jamoatchilik maslahati bo‘lib o‘tdi
...
27.03.2024
106 marta o'qildi

Surxondaryo viloyatidagi M-41 mintaqaviy yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida Sariosiyoda jamoatchilik maslahati bo‘lib o‘tdi

 

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarorining 3-ilovasida Surxondaryo viloyatida “М-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1444-1622 km. (178 km.) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini 2026-2030-yillarda Jahon banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirish belgilangan.

 

Mazkur loyihaning atrof-muhitga va ijtimoiy ta’sirini baholash bo‘yicha konsultanti “Al Mar Consulting” MChJ tomonidan bugun Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislari zalida tumandagi manfaatdor tomonlar va tegishli tashkilotlar, klaster, fermer xo‘jaliklari hamda aholi ishtirokida jamoatchilik konsultatsiyasi va eshituvi o‘tkazildi.

 

Ma’lumot o‘rinda: Rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan 178 km. М-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining (1444-1466 km. oralig‘i) 22 km. Sariosiyo tumandagi 9 ta (Anorzor, Bo‘yrapusht, Gulobod, Lutfkor, Niholzor, Niloba, Shahriobod, Shirin, Shohjahon) mahallalari hududidan o‘tadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?