Keksalik yoshiga yetib borish ham ne’matlardan biri hisoblanadi. Yurtimizning tabarruk yoshdagi otaxon-u onalarimizning holidan xabar olib tursak, ularga imkonimiz darajasida oqibat, mehr-muruvvat ko‘rsatsak ulkan savoblarga ega bo‘lish bilan birga ularning hayotiy tajribalari hamda turmush saboqlaridan foydalana olishimiz mumkin.
Xususan, “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov va “Keksalar maslahat” guruhi a’zolari tomonidan“Keksalar haftaligi” hamda “Keksalar uchun turizm oyligi” munosabati bilan tuman mahallalarda yashovchi yakka yolg‘iz keksa avlod vakillari holidan xabar olindi.