Bugun Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida imkoniyati cheklangan (kar va soqov) fuqarolarni muammolarini tinglash va hal etish yuzasidan qabul bo‘lib o‘tdi. Qabulda tuman hokim Abdisalom Xujaqulov, Surxondaryo viloyati karlar jamiyati raisasi Sanobar Abdiraimova, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosari hamda korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabulda fuqarolar tomonidan bandlik, ichimlik suvi, ichki yo‘llar ta’miri, elektr va gaz ta’minoti, sog‘liqni saqlash, imtiyozli kredit ajratish, ijtimoiy ta’minot kabi turli masalalarga oid murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida o‘z yechimini topdi. Qolgan murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.