Til xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o‘zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish muhim o‘rin tutadi. O‘zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir. 1989-yil 21-oktabr "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunni omma orasida keng targ‘ib qilish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdik. Yuqoridagi video orqali siz aholi va yoshlarning ushbu sanani qay darajada bilishlari haqida batafsil tanishishingiz mumkin.