Bugun, 1 noyabr kuni Sariosiyo tumanida joylashgan "Crocus" savdo markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan ayollar va kam ta‘minlangan oilalarni hunarmandchillika keng jalb qilish orqali ularning ish bilan bandligini ta‘minlash, milliy hunarmandchilik va tarixiy an‘analarimizni saqlab qolish maqsadida tuman prokraturasi va tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan "hunarmand ayollar" festivali bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimi o‘rinbosari D.Toshmatova, tuman prokuraturasi xodimlari, hunarmand xotin-qizlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda o‘z bandligini ta‘minlash bilan bir qatorda ishsiz xotin-qizlarga hunar o‘rgatib shu hunari orqasidan daromad manbaiga ega bo‘layotgan hunarmandlarning to‘quvchilik, milliy liboslar, gilamdo‘zlik, o‘ymakorlik, kashtachilik kabi qo‘l mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlari hakamlar tomonidan munosib baholandi.
Yakunda g‘olib hunarmandlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.