Tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev hamda sektor rahbarlari ishtirokida “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Unda, Sariosiyo tumanidagi 91 ta umumta’lim maktabini 3516 nafar o‘quvchi 9-sinfni bitirib 133 nafari qizil shahodatnoma bilan, 2562 nafar 11-sinf bitiruvchilardan 83 ta otin medal va 13 ta kumush medal bilan tugalladi. Katta hayot ostonasida turgan, hayot yo‘lining mustaqil va shu bilan birga, mas’uliyatli damlariga qadam qo‘yayotgan bitiruvchi yoshlar uchun yana bir quvonchli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 2023-2024-o‘quv yilini a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga sektor rahbarlari tomonidan “Oltin medal” va “Kumush medal”lar tantanali tarzda topshirildi.
Shuningdek, tuman hokimi maktabni a’lo baholarga tamomlagan va o‘zining namunali xulq-odobi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh bitiruvchi yoshlarning ota-onalari va o‘qituvchilarini erishilgan natija bilan tabrikladi.