Sariosiyo tumani hokimligi-Harbiy vatanparvarlik tadbirlari Sariosiyo tumanida
...
14.10.2024
27 marta o'qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq Sariosiyo tumanidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi DXX DCHXQ va qoʻmitasi 9220 harbiy qism hamkorlikda “Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatga qiziqtirish” maqsadida harbiy koʻrgazmali chiqishlar, qurol aslahalarning tuzilishi va ishlash mexanizmlari bilan oʻquvchi yoshlar yaqindan tanishishdi.

 

Tadbir davomida, faxriy xizmatchilar mayor K.Xaytaliyev, 2-rang Kapitani Gʻ.Azimov, 9220 harbiy qismi ofitserlari va muddatli harbiy xizmatchilari hamda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib o‘tdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?