Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalab, qutqaruvchilik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.
Shuningdek bugun, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlariga biriktirilgan umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari ishtirokida Yongʻin qutqaruv qismida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi. Bunda oʻquvchilar qutqaruvchilar tomonidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishib qism faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.