Uzun tumanidagi harbiy qismida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida, Sariosiyo tuman hokimining o‘rinbosari A.Qurbonov hamda Uzun tumani hokimi H.Bozorov ishtirok etishdi.
Tadbirida, Sariosiyo tuman hokimining o‘rinbosari A.Qurbonov sharafli va mashaqqatli kasb egalarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy qutlab, soʻnggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida milliy armiyamizning qiyofasi va salohiyati tubdan oʻzgarganini alohida ta’kidladi.
Tadbir so‘ngida, bir guruh Vatan himoyachilari tuman hokimliklarining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.