Hamshiralar kunida soha vakillari taqdirlandi
Har yili 12-may – Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda munosib nishonlanib, hamshiralarga alohida ehtirom koʻrsatiladi.
Jumladan, bugun tuman hokimi Abduqodir Donayev Sariosiyo tumanida tibbiyot birlashmasi tarkibidagi davolash profilaktika muassasalarida faoliyat olib boruvchi 1396 nafar tibbiyot maskanlarida fidoyi boʻlib, koʻp yillardan buyon shu sohada sidqidildan faoliyat koʻrsatib kelayotgan bir guruh hamshiralarni bayram bilan muborakbod etib, zahmatli hamda sharafli boʻlgan ishlariga omadlar tiladi. Shuningdek, bayram munosabati bilan oq xalatli kasb fidoyilariga tashakkurnoma va estalik sovgʻalari topshirildi.
Hamshiralar salomatlik posboni boʻlib xalqimiz xizmatida kunu-tun xizmat qilib elimiz ardogʻidagi mehr nuri boʻlib oramizda kezib yuraversinlar. Kasb bayramingiz muborak boʻlsin aziz hamshiralar!