Mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari tavsiyalariga asosan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning murojaatlariga asosan ularning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Rahmonovlar tomonidan tumanda istiqomat qiluvchi vaqtincha ishsiz 45 nafar fuqarolarga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.