Mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari tavsiyalariga asosan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning murojaatlariga asosan ularning bandligini ta'minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlari uchun Sariosiyo tumani hokimining birinchi o‘rinbosari M.Qultayev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Gʻ.Davlatovlar tomonidan tumanda istiqomat qiluvchi vaqtincha ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida 50 ta tikuv mashinalari topshirildi.