Sariosiyo tumani hokimligi-Firibgar o‘z jazosini oldi
27.04.2023
154 marta o'qildi

Firibgar o‘z jazosini oldi

 

Firibgarlik mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlar ichida eng ko‘p tarqalganlaridan biri bo‘lib, aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiy huquqini qo‘lga kiritishdan iborat bo‘ladi.

R.Bo‘riyev (sudlanuvchining familiyasi, ismi va sharifi o‘zgartirilgan) 2022 yil aprel oyida o‘zi bilan bir mahallada yashovchi sinfdoshi S.Salimovning (barcha jabrlanuvchilarning familiyasi, ismi va sharifi o‘zgartirilgan)ishonchiga kirib, uni aldab, 1 oy muddatda qaytarib berishga va’da qilib, undan 10.000.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘zining manfaatlariga ishlatib, pullarni qaytarib bermasdan S.Salimovga 10.000.000 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, R.Bo‘riyev o‘zining harakatlarini qasddan takroran davom ettirib, 2022 yil may oyining boshlarida o‘zi bilan bir mahallada yashovchi B.Narimonovning yashash uyiga borib, uning ishonchiga kirib  “1 tonna bug‘doy olib kelib beraman” deb va’da qilib, jami 2.700.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan olib, pullarini o‘zining ehtiyojlariga ishlatib, B.Narimonovga 2.700.000 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, R.Bo‘riyev o‘zining harakatlarini qasddan takroran davom ettirib, 2022 yil 15 may kuni o‘zi bilan bir mahallada yashovchi A.Botirovning yashash uyiga borib, uning ishonchiga kirib,
“5 tonna bug‘doy olib kelib beraman” deb va’da qilib, undan 10.000.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib, A.Botirovga 10.000.000 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, R.Bo‘riyev o‘zining harakatlarini qasddan takroran davom ettirib, 2022 yil 25 may kuni o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan A.Norovning ishonchiga kirib, “7 tonna bug‘doy mahsulotini olib kelib beraman” deb va’da qilib, undan mahallasi hududida jami bo‘lib 17.500.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib ketib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib, A.Norovga 17.500.000 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, R.Bo‘riyev o‘zining harakatlarini qasddan takroran davom ettirib, 2022 yil may oyining oxirlarida o‘zi bilan bir mahallada yashovchi A.Shodiyevaning yashash uyiga borib, uning ishonchiga kirib, “1 tonna bug‘doy olib kelib beraman” deb va’da qilib, undan 2.500.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib, A.Shodiyevaga 2.500.000 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, R.Bo‘riyev o‘zining harakatlarini qasddan takroran davom ettirib, 2022 yil may oyining oxirlarida o‘zi bilan bir mahallada yashovchi B.Zokirovning yashash uyiga borib, uning ishonchiga kirib, “3.000.000 so‘m bering 1 tonna bug‘doy olib kelib beraman” deb va’da qilib, ushbu pullardan 1.700.000 so‘mini firibgarlik yo‘li bilan olib ketib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib, B.Zokirovga 1.700.000 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, R.Bo‘riyev o‘zining harakatlarini qasddan takroran davom ettirib, 2022 yil 8 iyun kuni o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan S.Mengliyevning yashash uyiga borib, uning ishonchiga kirib, “2 tonna bug‘doy olib kelib beraman” deb va’da qilib, undan 5.000.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib, S.Mengliyevga 5.000.000 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, R.Bo‘riyev o‘zining harakatlarini qasddan takroran davom ettirib, 2022 yil iyun oyining boshlarida o‘zi bilan bir mahallada yashovchi I.Soliyevning yashash uyiga borib, uning ishonchiga kirib, “1 tonna bug‘doy olib kelib beraman” deb va’da qilib, undan 2.500.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib ketib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib, I.Soliyevga 2.500.000 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, R.Bo‘riyev o‘zining harakatlarini qasddan takroran davom ettirib, 2022 yil iyun oyining o‘rtalarida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan N.Jumaqulovning ishonchiga kirib, “400 dona bog‘langan somon mahsulotlari olib kelib beraman” deb va’da qilib, undan 300 AQSH dollari va 3.350.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib ketib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, R.Bo‘riyev o‘zining harakatlarini qasddan takroran davom ettirib,  2022 yil iyun oyining oxirlarida o‘zi bilan bir mahallada yashovchi G.Ismatullayevning yashash uyiga borib, uning ishonchiga kirib, “1 tonna bug‘doy olib kelib beraman” deb va’da qilib, undan 2.500.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib ketib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib, G.Ismatullayevga 2.500.000 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, JKning 57-moddasini qo‘llanilib, 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Sariosiyo tuman sudining raisi                                                            V.Norbekov



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?