“Eng namunali mahalla raisi” tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichida Sariosiyo tumani Sangardak mahallasi raisi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 22-bandida “Eng namunali mahalla raisi” tanlovini o‘tkazish belgilangan.
Shunga ko‘ra, joriy yilning 6-mart kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi binosining 3-qavatidagi faollar zalida “Eng namunali mahalla raisi” tanlovi 3-bosqich viloyat miqyosida o‘tkazildi, viloyat bosqichida Sariosiyo tumani Sangardak mahallasi raisi O‘.Mirzayev “Eng namunali mahalla raisi” tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
Biz mahalla raisining keyingi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz.