Sariosiyo tumani hokimligi-Doimiy komissiyaning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi
...
03.11.2022
158 marta o'qildi

Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, turizm, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida Sariosiyo tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2022 yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan muayyan ishlar to‘g‘risida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i G.M.Samiyevaning hisoboti hamda tumanda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarni karantin davrida ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida xisobotlari tinglandi.

 

Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga tushgan mablag‘larni sarflash to‘g‘risida "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi raisi H.Melikov va tuman iqtisodiyot bo‘limining hisobotlari eshitildi va doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?