Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha doimiy komissiyasilarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda tumanda tashabbusli byudjetga taklif berish va ovoz yig‘ish bo‘yicha 61-ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari Sh.Raxmonovning 9-oylik hisoboti, iqtisodiyot tarmoqlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar haqida tuman hokimi o‘rinbosarining axboroti eshitildi va doimiy komissiyalarning tegishlicha qarorlari qabul qilindi.