Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida "Deputat va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi o‘rinbosari Oydin Jo'rabekova, viloyat hamda tuman Kengashi deputati Shamsutdin Oripov, tuman Kengashi deputati Sadullo Asadov, Nargiza Chorshabiyevalar hamda universitet mas’ul rahbarlari va talabalar ishtirok etishdi.
Erkin muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda xalq vakili sifatida, deputat oldida turgan dolzarb vazifalar, o‘z saylovchilari ishonchini oqlash va ularning manfaatini himoya qilish yo‘lida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida deputatlar tomonidan hayotiy misollar bilan talabalarga tushuntirib berildi.
Suhbat davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga deputatlar tomonidan batafsil javoblar berildi.