Sariosiyo tumani 30-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimligi, tuman Adliya bo‘limi, DXX Chegara qo‘shinlari, tuman Bojxona bo‘limi, tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida tumanning chegaraoldi “Xurshid” va “Hamkorlik” mahallalari fuqarolari va yoshlari o‘rtasida, bugungi kunda har birimiz amalda Davlat chegarasi himoyachisi bo‘lishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda kamol toptirishimiz zarurligi, Yoshlarimizni muddatli harbiy xizmatga chorlash, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati, сhegaraoldi hududlarda kontrabanda jinoyatlariga qarshi kurashish, Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida davra suhbati o‘tkazildi.
Muloqotda ishtirok etgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib javob olishdi.
Targ‘ibot tadbiri joylarda davom etadi.