Sariosiyo tumani hokimligi-Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi
...
17.11.2022
206 marta o'qildi

Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloq qoidalariga amal qilishini ta’minlash bo’yicha 17-noyabr kuni viloyat hokimi rahbarligida videokonfrensaloqa shaklida o’quv-seminari bo’lib o’tdi.

Unda tuman hokimi A.Xujaqulov, tuman hokimining sohalar bo’yicha o’rinbosarlari va tegishli tashkilot rahbarlari hamda xodimlari ishtirok etdi.

 

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali mutasaddilari davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari xususida ma’ruza qilishdi va qarorning mazmun-mohiyati bilan ishtirokchilarni tanishtirishdi.

Ushbu seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad odob-axloq qoidalari, davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatini shakillantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo’lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda xizmatchilarning axloq qoidalariga zid bo’lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan. (https://t.me/sariosiyohokimligi/18925?single)



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?