Dala zahmatkashlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun, 2-fevral kuni tuman hokimi Abduqodir Donayev oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash manbai bo‘lgan qishloq va suv xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida tumandagi klaster, hududlar va fermer xo‘jalikari rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda, hududlarda belgilangan agrotexnik tadbirlar, g‘alla maydonlarini begona o‘tlardan tozalash, ozuqa berish, sug‘orish, suv sarfini kamaytirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish, yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida ariqlarni betonlash ishlarining borishi, dala madaniyati, dala chetlaridan samarali foydalanish, tut va tok ko‘chatlari ekish hamda eksport salohiyatini jadallashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar belgilab berildi.
Mutasaddilarga berilgan maslahat va tavsiyalar asosida ishlarni tashkil etish topshirildi.