Inson hayotida daraxtlarning, yashillikning ahamiyati katta. Atrofdagi tabiat karbonat angidridni kislorodga aylantirib beradi, chang-to‘zonni kamaytiradi, issiq kunda haroratni mo‘tadillashtiradi. Daraxtlarning boshqa foydali xususiyatlari, afzalliklari ham juda ko‘p.
Xususan, bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi tomonidan tumanning Nodirabegim mahallasida joylashgan "Esoqi qabristoni" hududida 200 (ikki yuz)dan ziyod manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekildi.