Sariosiyo tumani hokimligi-Bugun tuman Madaniyat markazida jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Unda Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman prokurori, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
...
14.02.2023
269 marta o'qildi

Tadbirni tuman hokimi Abduqodir Donayev ochib berib yurtimizda buyuk alloma va mutafakkirlarning ijodiy merosini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish, asarlarida ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Boburning betakror she’riyati, Sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma’lumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egaligini aytib o'tdi.

Shundan so'ng tuman madaniyat xodimlari va musiqa va san'at maktabi ijodiy jamoasi tomonidan mutafakkirning boy madaniy merosini keng targ'ib qilish maqsadida shoir asarlaridan parchalar o‘qildi, san’atkorlar tomonidan Bobur g‘azallari bilan aytiladigan mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?