Sariosiyo tumani hokimligi-Bugun tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov aholi bandligini ta’minlash ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari, hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlarida o‘zi sevgan sohasini egallashlari va kasb-hunarga o'qitish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tumandagi 2021 yilda tashkil etilgan Sariosiyo kasb-hunarga o'qitish markaziga tashrif buyurdi.
...
30.11.2022
145 marta o'qildi

510 o'ringa mo'ljallangan ushbu markazda tikuvchilik yo‘nalishida 126 nafar, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash chilangari 13 nafar, payvandlash ishlariga 11 nafar, oshpaz-qandolatchilik 29 nafar, kompyuter texnigi 26 nafar, ayollar sartaroshi yo'nalishlarida jami 205 nafar o'quvchiga kasb hunar o'rgatilmoqda.

 

Tuman hokimi tanishish jarayonida o'quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, yutuq va kamchiliklar xususida to'xtalar ekan o'quvchilar bilan suxbat jarayonida ularning muammolari hamda takliflariga quloq tutdi. Hozirda o'quvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha korxona va tashkilotlar bilan shartnoma tuzish ishlari olib borilmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?