Joriy yilning 12 noyabr kuni Sariosiyo tumani Sharq yulduzi mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Xolmahmatova Umida 1-guruh nogironligi bo‘lgan farzandi Safarov Asliddinning tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga O‘zbekiston Respublikasi “Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” bosh hisobchisi Xakimov Komiljon va jamoat fondi bosh mutaxassisi Ziyavatdinova Zamiralar tomonidan elektron nogironlik aravachasi topshirildi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi Sariosiyo tuman bo‘limi boshlig‘i A.Qulfiddinov hamda Oila va Xotin-qizlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi K.Toshmurodova ishtirok etib Asliddinning quvonchiga sherik bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, 22 sentabr kuni tuman hokimi o‘rinbosari Asqarali Qurbonov boshchiligida Umida Xolmatovaning farzandlariga elektron nogironlik aravachasi berilgan edi.