...
11.12.2024
23 marta o'qildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Sariosiyo tumanidagi tanlab olingan eng og‘ir ahvoldagi “Bo‘yrapusht” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

 

Dastlab, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva mahalla yettiligi hamda aloqador tashkilot rahbarlari ishtirokida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

 

Unda, mahalla yettiligining hisobotlari tinglandi. Shu qatorda, mas’ullar mavjud muammolar, belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumot berib o‘tishdi.

 

Xususan, mahallada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida ishlarni tashkil qilish, kelgusidagi rejalarni amalga oshirish, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Shundan so‘ng, “Bo‘yrapusht” mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan tanishildi. Hududda ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr energiya ta’minotini yaxshilash, umuman olganda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?