Sariosiyo tumani hokimligi-Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
...
28.06.2024
109 marta o'qildi

Tuman hokimi Abduqodir Donayev tashabbusi bilan, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

 

Ushbu yarmarkada tumandagi 50 dan ortiq korxona, tashkilotlar o‘zlarining 270 dan ortiq ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Ushbu Mehnat yarmarkasida 120 dan ortiq yoshlar ishga joylashish va boshqa masalalar yuzasidan qatnashib, shulardan 16 nafari korxona, tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi, 28 nafar fuqarolar qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirilib, 30 ga yaqin yoshlar chet davlatlariga borishga til o‘rganish kurslariga qiziqish bildirdi qolgan 50 dan ortiq fuqarolarga mehnat sohasidagi qiziqtirgan savollariga maslahatlar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?