Sariosiyo tumani hokimligi-Bilimlar kuni muborak! 2024-yil 4-sentabr
...
04.09.2024
58 marta o'qildi

Bugun, o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun quvonchli kunlardan biri. Boisi barcha umumta’lim maktablarida yangi 2024-2025 o‘quv yilining birinchi, ya’ni “Bilimlar kuni” nishonlandi. Shu jumladan, Sariosiyo tumani 12-sonli umumta’lim maktabida ham dars jarayonlari boshlandi.

 

Ushbu tantanali tadbirda tuman hokimi Abduqodir Donayev hamda soha mas’ullari, o‘qituvchi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Bayram tadbirida tuman hokimi barchani butun xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yilligi hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklab, o‘zining eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirgan holda ochib berdi.

 

Tuman hokimi o‘z ma’ruzasida mustaqillikni qo‘lga kiritishning mashaqqatli yo‘li, shu jumladan qatag‘on qurbonlari va boshqalar faoliyatiga to‘xtaldi.

 

Kuy va qo‘shiqlarga boy bo‘lgan bayram tadbiridan so‘ng, har bir sinfda mustaqillik darslari o‘tkazildi. Dars davomida yoshlarga mustaqillikka erishish mashaqqatlari, 33 yil ichida erishilgan yutuqlar, tariximiz to‘g‘risida tushunchalar berildi.

 

Shuningdek, tuman hokimi yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga sadoqat tuyg'usini shakllantirish, harbiy xizmatga hurmat tuyg'ularini singdirish, shuningdek, o'quvchi yoshlarni oliy harbiy ta'lim muassasalariga jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi bilan tanishdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?