Bugungi kunda jamiyatimizda barqarorlikni oshirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, o’zaro hamjihatlik, do’stlik muhitini qaror toptirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha yurtimizda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmaqda.
Shu bois ham bugun tumanimizdagi 47-sonli umumta’lim maktabida “Bag’rikenglik festivali” bo’lib o’tdi.
Festivalda doirasida maktabning yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida milliy taomlardan biri bo’lmish o’zbekona osh pishirish musobaqasi, sport, tasviriy san’at hamda hunarmandchilik yo‘nalishlarida o’zlarining mahoratlarini sinab ko’rishdi.