Tuman hokimi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va viloyat hokimining qaror va farmonlarida belgilangan vazifalar bo'yicha ijro intizomi, hududiy investisiya loyihalarining bajarilishi, 2022-2023 yil qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish, joriy yil 15 dekabrdan dehqon bozorlari hamda savdo markazlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Unda mahsulotlarning arzonlashtirilgan narxlarda sotilishini, yarmarka savdolariga jalb etilgan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni to‘lov terminallari bilan ta’minlash, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq va Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmalariga yarmarkalar tashkil etilishi va ularda mahsulotlarning arzonlashtirilgan narxlarda sotilishini nazorat qilish vazifalari yuklandi.