Sariosiyo tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari G.Samiyeva va tuman Adliya bo‘limi hamkorligida tumandagi Kasb-hunarga o‘qitish markazida mahalla yoshlari bilar uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda, mutasaddilar yoshlar bilan fikr almashib, ularning g‘oya va takliflarini namoyon etishga, qo‘llab-quvvatlash, har bir yoshning fikrini inobatga olgan holda, ularning kelgusidagi rejalariga shart-sharoitlar va imkoniyatlar yurtimizda mavjud ekanligini va bundan oqilona foydalanish zarurligi haqida ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, ochiq muloqot tarzida o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvi davomida yoshlarning ish bilan ta’minlash, ta’lim kontraktini to‘lash, subsidiya, kredit ajratish kabi murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa-da, muddat talab etuvchi murojaatlar tegishliligi bo‘yicha ijroga qaratildi.