O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Rajabov tomonidan Sariosiyo tumani “Alisher Navoiy” mahallasi fuqarolarini qabul qilib, sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarning davlat Pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni va qonunosti hujjatlariga muttasil kiritib borilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Fuqarolar tomonidan pensiyaga oid berilgan savollarga qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilib, huquqiy maslahatlar berildi.