Sariosiyo tumani hokimligi-Ajdodlarni yod etgan va ulug‘lagan yurtning kelajagi porloqdir
...
05.05.2023
121 marta o'qildi

Ajdodlarni yod etgan va ulug‘lagan yurtning kelajagi porloqdir
Bugun 5-may kuni Sariosiyo tumanidagi 11-umumtaʼlim  maktabida  Sariosiyo tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abduqodir Donayev, 3-sektor rahbari Muhiddin Amontoʻrayev, 4-sektor rahbari  Goʻzal Samiyeva , Sariosiyo  tumanlararo iqtisodiy sudi  raisi Nuriddin Murodov, Xalq  qabulxonasi mudiri Oydin Joʻrabekova va Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi mudiri Tojiddin Oʻzbekovlar  tomonidan "Inson-aziz, xotira -muqaddas!" shiori ostida oʻquvchi yoshlarga xotira darslari oʻtildi.
Masʼullar xotirasi-boʻlmagan, tarixini unutgan, oʻz ajdodlarining  qadriga etmaydigan millatning istiqboli yoʻq. “Xotira va qadrlash“ kuni yurtdoshlarimizning mehr-shafqat, muruvvat, oʻzligini anglash, hayotning qadriga yetish hissini kamol toptirishda muhim ahamiyatga egadir. Har bir millat, har bir xalq oʻz nasl-nasabini, kelajak avlodini asrab-avaylab, uning qadrini bilsa, unday millatning, davlatning kelajagi buyuk boʻlishi muqarrarligi xususida fikr yuritishdi.          
Shundan soʻng tuman hokimi boshchiligidagi rahbarlar maktabda tashkil etilgan ikkita til va bitta kasb oʻrgatiladigan toʻgaraklar faoliyati bilan tanishdilar.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?