Sariosiyo tumani hokimligi-Aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlashda uyma-uy yurish orqali mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Respublika Ishchi guruhining Oqqo‘rg‘on tumani misolidagi tajribasi" yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
...
02.02.2023
187 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘linmasi bosh inspektori Azizov Farxod Amanovich, mutaxassisi Mavlonov Ilhom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Abduhakim Eshmurodov hamda tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida "Aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlashda uyma-uy yurish orqali mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining Oqqo‘rg‘on tumani misolidagi tajribasi" yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ochiq muloqotda sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, mahallalardagi hokim yordamchilari, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, mahalla inspektorlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida mamlakatimizda xalqimiz turmush farovonligini oshirish, iqtisodiy muammolarni bartaraf etish maqsadida mahallabay ishlash tizimi yo'lga qo'yildi. Ushbu tizim aholi bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka yo'naltirish, tomorqachilikni rivojlantirish, mahallalar va oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, ajrimlar va jinoyatchilikni oldini olish kabi dolzarb masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtalib, sohaga oid kelgusi ishlar belgilab olindi (https://t.me/sariosiyohokimligi/21704?single)



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?