Sariosiyo tumani hokimligi-Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi
...
05.05.2023
95 marta o'qildi

 

Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi
Bugun, 6 may kuni Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari,  tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Qabulda moddiy yordam, ichimlik suvi, elektr energiya, ijtimoiy himoya, kredit, uy-joy, yer va shu kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 78 nafar fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqildi. Ba'zi masalalar shu yerning o'zida o'z yechimini topgan bo'lsa qolgan  vaqt va mablag‘ talab qiluvchi murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?