Sariosiyo tumani hokimligi-a “Uch avlod uchrashuvi” va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda
...
16.02.2024
70 marta o'qildi

“Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov, nuroniylar jamoatchilik kengashi a’zolari, o‘qituvchilar va yoshlar ishtirokida Sariosiyo tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” va ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda, “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov so‘zga chiqib, ushbu tadbirning mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tib, bugungi kunda faxriylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, mustaqillik bergan imkoniyatlar, yurtimizda millatlararo totuvlik va hamjihatlik xususida o‘zining dil so‘zlarini bildirdi.

Shuningdek, Yangi O‘zbekistonimizda ishlash, tadbirkorlik qilish, o‘qish istagidagi har bir insonga yaratilayotgan imkoniyatlarga havas qilishlari, ushbu imkoniyatlar qadriga yetish va ulardan unumli foydalanish zarurligi haqida ta’kidladilar.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?