Matbuot anjumanida G'ayrat Davlatov va Shuhrat Qalandarov hokim yordamchilari tomonidan yaratilayotgan ish o'rinlari, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, kredit mablag'larini ajratish, oilaviy daromadni o'stirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar xususida to'xtalib o'tdi va anjumanda jurnalist va bloggerlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Shundan so'ng, anjuman qatnashchilari tumandagi Lutfkor hamda Shahriobod mahallasiga tashrif buyurib u yerda tashkil etilgan kasanachilik, bir mahalla bir mahsulot tamoyili asosida uzum voyishlari, 102 xil maxsulot ishlab chiqarayotgan tikuv sexi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.