Sariosiyo tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari M.Amonto‘rayev tomonidan sektor hududidagi Daragiston mahallasi yettiligi bilan uchrashuv oʻtkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar har bir soha kesimida tahlil qilindi.
Shuningdek, ish yuritish tartibi, nomenklatura hujjatlarini yuritilishi, jinoyatchilikka qarshi olib borilayotgan ishlar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda mahallalar faollarining hujjatlari o‘rganildi hamda sektor rahbari tomonidan muhokama qilindi.
Mas’ullarga belgilangan tadbirlarni sifatli amalga oshirish boʻyicha yangi vazifalar hamda tegishli koʻrsatmalar belgilab berildi.