Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan 11-oktabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan Sariosiyo tuman Sharg'un Madaniyat markazida “Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun” shiori ostida qizlar forumi o‘tkazildi.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini oshirish, yoshlarimiz ongini yot g‘oya va illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.