Sariosiyo tumani hokimligi-11 noyabr Kasaba uyushmalari kuni
...
02.11.2022
167 marta o'qildi

11-noyabr "Kasaba uyushmalari kuni" bayrami munosabati bilan joriy yilning 2-noyabr kuni Sariosiyo tumanida joylashgan "O‘z Agro Lider" MCHJda “Yangi O‘zbekiston-yangi kasaba uyushmalari” mavzusida seminar hamda sport tadbiri o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Bozorov To‘xta Sharipovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Surxondaryo viloyat kengashi raisining o‘rinbosari Bobolov Qobil Abdiyevich, Sariosiyo tuman hokimi Xujaqulov Abdisalom Pardayevich, O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Odinayev Xoliyor Tangriqulovich, Sariosiyo tuman Prezident Xalq qabulxonasi mudirasi O.D.Jo‘rabekova, tashkilot xodimlari va nuroniylar ishtirok etildi.

 

Bayram munosabati bilan tuman hokimi A.Xujaqulov so‘zga chiqib barchani 11-noyabr Kasaba uyushmalar kuni bayram munosabati bilan barchani tabrikladi hamda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlar kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining o‘rinbosari T.Sh.Bozorov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi o‘rinbosari Q.A.Bobolov, ham o‘z tabriklarini bildirib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, tadbirda faol ishtirok etganlarga tashakkurnoma va estalik sovg‘alari taqdim etishdi.

 

Ma’lumot uchun: Sariosiyo tumanidagi UzAgroLider MCHJ ayni vaqtda 50 ta doimiy ishchi mavjud bo‘lib, mavsumda 200 dan 700 tagacha yollanma ishchilar ish bilan ta’minlanadi. Shuningdek, hozirgi kunda 12 gektar yer maydoniga limon ko‘chati ekilgan bo‘lib 1 tup limon daraxtidan 60-70 kg ziyod limon xosili olinmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?