Sariosiyoda g‘alladan bo‘shagan yerlarda takroriy ekin ekish uchun kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar, band bo‘lmagan yoshlar va ishsiz aholiga yer maydonlari taqsimlab berilmoqda
Hosildan bo‘shagan yer maydonlari peshma-pesh shudgorlanib takroriy ekin ekish uchun ishsiz aholiga ajratib berilmoqda. Bu esa fuqarolarni nafaqat ish bilan ta’minlashda balki ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda ham yaxshi imkon bo‘ladi.
Bugun, Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev hamda sektor rahbarlari boshchiligida tumanning “Bo‘yrapusht” hududidagi “Qulpusta” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan uchrashuvda 100 nafar, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”da turgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan hamda band bo‘lmagan yoshlarga g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari shudgorlanib, hosildor urug‘lari bilan birga ajratib berildi.
E’tiborlisi ekilgan urug‘lar pishib yetilgunga qadar suvlash, agrotexnik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha mas’ullar biriktirilgan